Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari litsenziatlarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olgan shaxslarning hamda xabardor qiluvchilarning davlat tomonidan hisobga olinishini ta'minlash, shuningdek litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga mazkur shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish maqsadida yuritiladi.
Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini doimiy asosda yuritish hamda ularga tegishli o'zgartishlar kiritish vakolatli organlarning zimmasiga yuklatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
12-modda. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.