Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari faoliyatning har bir turi bo'yicha alohida-alohida maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuritiladi. Reyestrlardagi axborot ochiqdir.
Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarida quyidagilar aks ettiriladi:
yuridik shaxs uchun — nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), faoliyat (harakatlar) amalga oshiriladigan manzil;
xabardor qilish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshiruvchi filiallar va vakolatxonalar to'g'risidagi axborot;
berilgan litsenziyalarning, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning va xabarnomalar sanasi va tartib raqamlari;
cheklangan amal qilish muddatiga beriladigan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar uchun — litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddatlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talab qilinadigan, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) turi (kichik turi);
litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini uzaytirish, to'xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, ularni bekor qilish asoslari hamda sanalari;
litsenziyalarni chaqirib olish asoslari va sanalari;
xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning muddati to'g'risidagi axborot;
litsenziyaga, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga o'zgartishlar kiritish, shuningdek xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) o'zgartirish haqidagi xabarnomani yuborish asoslari hamda sanalari;
faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirishga doir taqiqning qolgan muddati.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
11-modda. Litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.