O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

145-modda. XXV bob. Prokuratura

O'zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o'z vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, o'zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo'ysungan holda amalga oshiradi. Prokurorlar o'z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko'zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a'zolikni to'xtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko'rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.