O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

144-modda. XXV bob. Prokuratura

Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasining prokurori O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.