O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

119-modda. XX bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.