O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so'ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste'foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko'rib chiqishi va ma'qullashi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e'tiboran o'n kun ichida ko'rib chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko'rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo'ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko'pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma'qullangan hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari ularning nomzodlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma'qullanganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a'zosini iste'foga chiqarishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zosining o'z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a'zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko'ra Qonunchilik palatasi uni iste'foga chiqarish to'g'risidagi taklifni O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko'rib chiqish uchun kiritishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolari parlament so'rovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a'zosining so'rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
118-modda. XX bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.