Jinoyat-protsessual kodeksi

70-modda. Mutaxassisning huquq va majburiyatlari

(70-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Mutaxassis: o'zining qanday maqsadda chaqirilganligini bilish; basharti tegishli bilimlarga ega bo'lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan bosh tortish; o'zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga oid ish materiallari bilan tanishish; o'zi ishtirok etayotgan protsessual harakatlarga aloqador arz va mulohazalar bildirish; tergov harakatlari va sud muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslarga surishtiruvchining, tergovchining, prokuror va sudning ruxsati bilan savollar berish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga egadir. Mutaxassis: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi; tergov harakatlari va sud muhokamasini yuritishda dalillarni topish va mustahkamlash uchun ilmiy-texnika vositalari, maxsus bilim va malakasidan foydalangan holda ishtirok etishi; ish bo'yicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning e'tiborini qaratishi; o'zi bajarayotgan harakatlar bo'yicha tushuntirishlar berishi; jinoyatning kelib chiqish sabablarini, sodir qilinishiga imkon bergan sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi ma'lumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.