Jinoyat-protsessual kodeksi

545-modda. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnomalarni ko'rib chiqish

Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo'yicha, jazoni o'tab chiqqan shaxs mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo'yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masala sudya tomonidan ko'rib chiqilayotgan paytda iltimosnoma kim haqida berilgan bo'lsa, shu shaxsning, shuningdek iltimos qo'zg'atgan jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish mavjud materiallarni o'qib eshittirish bilan boshlanadi, so'ng sudya chaqirilgan shaxslarni tinglaydi, mahkumning axloq tuzatish ishlarini o'tash vaqtida halol mehnat qilganligi va namunali xulqidan dalolat beruvchi ma'lumotlarni aniqlab oladi. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan sudya chiqargan ajrim ustidan yuqori sudga shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.