Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masala sudya tomonidan jazoni o'tab bo'lgan shaxsning, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoaning iltimosnomasiga asosan ko'rib chiqiladi.
Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda iltimosnoma kim haqida berilgan bo'lsa, shu shaxsning sud majlisida qatnashishi shart. U himoyachi olish huquqi bilan ta'minlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi iltimosnoma jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan berilgan bo'lsa, ularning vakillari sud majlisida ishtirok etishi shart.
Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish taqdim qilingan iltimosnomani o'qib eshittirishdan boshlanadi, so'ng sudya sudda hozir bo'lganlarning fikrlarini eshitadi va ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma ajrim chiqqan kundan boshlab kamida bir yil o'tganidan keyin kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
544-modda. Sudlanganlikni olib tashlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.