Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi masalani ko'rib chiqib, taftish instantsiyasi sudi quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangidan ko'rib chiqish uchun birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudiga yuborish to'g'risida;
2) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda prokurorga yuborish to'g'risida;
3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda ko'rishga zarurat bo'lmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish to'g'risida;
4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish to'g'risida.
Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi masala bo'yicha taftish instantsiyasi sudi ajrimining ko'chirma nusxasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Ajrimning ko'chirma nusxasi boshqa manfaatdor shaxslarga ularning iltimosiga ko'ra yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi masala bo'yicha sud ajrimi
(527-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.