Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi masala O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ko'rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaxs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaxslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani ko'rib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur bo'lganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferentsaloqa tizimlaridan foydalangan holda ta'minlanishi mumkin.
Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash to'g'risidagi masalani sud tomonidan ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.