Kassatsiya instantsiyasi sudi jinoyat ishini ko'rish natijalariga ko'ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) hukmni o'zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida;
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida;
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish to'g'risida;
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida;
5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish to'g'risida;
6) ushbu Kodeks 493-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instantsiya sudiga yuborish haqida;
7) hukmni o'zgartirish to'g'risida;
8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instantsiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
509⁹-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari
(509⁹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.