Jinoyat-protsessual kodeksi

509¹³-modda. Ishni kassatsiya instantsiyasi sudida qo'shimcha tarzda ko'rish

(509¹³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti kassatsiya instantsiyasi sudiga biror-bir sababga ko'ra boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi ko'rib bo'linganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti bo'yicha ko'rib chiqilganidan so'ng kelib tushgan bo'lsa, kassatsiya instantsiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni ko'rib chiqishi va u bo'yicha ajrim chiqarishi shart. Agar ishni qo'shimcha tarzda ko'rish chog'ida kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid bo'lsa, ish protest bildirish masalasini hal qilish uchun taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo'lgan prokurorga yuboriladi. Jinoyat ishini qo'shimcha tarzda ko'rish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.