Jinoyat-protsessual kodeksi

509¹²-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko'rib chiqish

(509¹²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) kassatsiya instantsiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rib chiqiladi. Kassatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagilarga haqli: 1) birinchi instantsiya sudining ajrimini o'zgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni o'tkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qo'llashga; 5) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instantsiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instantsiya sudining ajrimini o'zgartirishga. Kassatsiya instantsiyasi sudining birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.