Jinoyat-protsessual kodeksi

503-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi to'g'risida xabardor qilish

Hukm, ajrim chiqargan sud kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi to'g'risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini, agar shikoyat (protest) ularning manfaatlariga daxldor bo'lsa, uch sutka ichida xabardor qiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning ko'chirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir e'tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e'tirozlarni taqdim etish muddati ko'rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan e'tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo'shib qo'yiladi. Taraflar kassatsiya shikoyatiga, protestiga doir e'tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish to'g'risida, shuningdek o'zlari ko'rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so'roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.