Jinoyat-protsessual kodeksi

502-modda. Hukm, ajrim ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish oqibatlari

Kassatsiya shikoyati (protesti) berilganligi hukmning, ajrimning ijrosini to'xtatib turish uchun asos bo'lmaydi. Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddatda ishni shikoyatlar (protestlar) va ularga doir e'tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo'shimcha materiallar bilan birga kassatsiya instantsiyasi sudiga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan uzaytirilishi, biroq ko'pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.