Jinoyat-protsessual kodeksi

497²⁶-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(49726-модда биринчи қисмининг 6-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi jinoyat ishini ko'rish natijalariga ko'ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) hukmni o'zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida; 2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish to'g'risida; 3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish to'g'risida; 4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish to'g'risida; 5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish to'g'risida; 6) ushbu Kodeks 493-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lganda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instantsiya sudiga yuborish to'g'risida; 7) hukmni o'zgartirish to'g'risida; 8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish to'g'risida. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instantsiyasi sudi ajrim chiqaradi. Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorini e'lon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga ko'ra amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.