Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning o'rinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da'voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Sud tomonidan oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ishda taraf bo'lmagan shaxslar ham sud hukmining o'z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
497²-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.