Agar ushbu Kodeks 416, 417-moddalarining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko'rish chog'ida aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko'ra, sudlanuvchini yangi ayblov bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.
Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi.
Sud ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qo'shimcha kiritish yoxud yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi to'g'risidagi xulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud bo'lgan dalillar asosida davom ettiradi.
Mahkumga yangi ayblov qo'yilgan yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instantsiya sudiga yangidan ko'rish uchun yuboradi.
Ishning muhokamasi birinchi instantsiya sudi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
493-modda. Hukmni bekor qilish va ishni birinchi instantsiya sudiga yuborish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.