Jinoyat-protsessual kodeksi

492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi

Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko'rib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega bo'lgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur o'zgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.