Sudlanuvchilardan o'z ayblariga iqrorliklari yoki iqror emasliklari to'g'risida so'rab bo'lgach, sud dalillarni tekshirish navbati to'g'risida taraflarning takliflarini eshitadi. Bunday navbatni sud ajrimda aks ettiradi.
Basharti dalillarni tekshirish sudlanuvchilarni so'roq qilish bilan boshlangan bo'lsa, ulardan keyin sud jabrlanuvchilarni so'roq qiladi. Sudlanuvchilar ko'rsatuv berishdan bosh tortgan yoki boshqa dalillarning tekshirilishidan oldin ko'rsatuv berishga rozi bo'lmagan taqdirda jabrlanuvchilarni, guvohlarni so'roq qilish, dalillarni ko'zdan kechirish, guvohlantirish, yozma dalillarni o'qib eshittirish, ekspertiza o'tkazish va boshqa sud harakatlarini bajarish navbati to'g'risidagi masalani sud ishning muayyan holatlarini va taraflarning takliflarini inobatga olgan holda hal qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
440-modda. Dalillarni tekshirish navbatini belgilash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.