Jinoyat-protsessual kodeksi

44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari

Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so'zga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga ko'maklashishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.