Jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo'lgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Agar bir sudda ko'rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo'yicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini ko'rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni ko'rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.
Ushbu Kodeksning 31¹-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qo'llash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir.
Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga o'ta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan o'ta murakkab va ahamiyatli bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ko'rish uchun topshirishga haqli.
Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan o'ta murakkab bo'lmasa, jinoyat ishlari bo'yicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga ko'rish uchun topshirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi
(389-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.