Jinoyat-protsessual kodeksi

388-modda. Jinoyat ishini sudga yuborish

(388-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Prokuror yoki uning o'rinbosari ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, jinoyat ishini tegishli sudga yuboradi. Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi. Prokuror yoki uning o'rinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar qiladi va, agar iltimoslari bo'lsa, ularni sudga yuborishga yoki sud majlisida bayon qilishga haqli ekanliklari to'g'risida ma'lum qiladi. Ayni vaqtda prokuror yoki uning o'rinbosari ayblanuvchiga va himoyachiga ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi va unga qilingan ilovalarning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxslar ro'yxati bundan mustasno, basharti ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi yoxud ilovaga o'zgartishlar kiritilgan bo'lsa, ularni o'zgartirish to'g'risidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi. Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan bo'lsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlar prokurorning topshirig'iga ko'ra unga qamoqda saqlash joyining ma'muriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt ko'rsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.