Muayyan sharoitlarda va maqsadlarda ko'zdan kechirish, tintuv, eksperiment yoki boshqa tergov harakatlarini o'tkazishda uning ishtirokchilari ayni bir vaqtda turli binolarda bo'lishlari yoki bir-birlaridan ancha masofaga uzoqlashishlari, shuningdek, basharti tergov harakatlarini yuritishda bir qancha ishtirokchilarni yoki hozir bo'lgan shaxslarni kuzatish ta'minlanishi lozim bo'lib qolsa, tergov harakatlarini bir necha tergovchi yoki tergovchining o'zi unga yordam berayotgan surishtiruvchilar bilan amalga oshirishi mumkin. Bunda tergovchilardan biri qolgan tergovchilar, surishtiruvchilar va boshqa tergov harakati ishtirokchilari faoliyati ustidan rahbarlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
357-modda. Tergov harakatining bir necha tergovchi tomonidan bajarilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.