Guruh a'zolari bo'lgan tergovchilar guruh rahbari bo'lgan tergovchi topshiriqlarini, ko'rsatmalarini bajaradilar va bu to'g'rida uni xabardor qiladilar.
Guruh a'zolari bo'lgan tergovchilar tomonidan bajarilgan tergov harakatlarining natijalari jinoyat ishini yuritishga qabul qilib olgan tergovchi bajargan harakatning natijalari bilan bir xil ahamiyatga egadir.
Guruh a'zosi bo'lgan tergovchi guruh rahbari bo'lgan tergovchining topshirig'ini, ko'rsatmasini qonunga xilof yoki asossiz deb hisoblasa, bu haqda u guruh rahbariga o'z e'tirozlarini bildiradi. Guruh rahbari bo'lgan tergovchi bu e'tirozlarni ko'rib chiqib, topshiriqni yoki ko'rsatmani bekor qiladi yoki uni ijro etish uchun boshqa tergovchiga beradi yoxud o'zi tegishli tergov harakatini bajaradi. Guruh a'zosi bo'lgan tergovchi o'z e'tirozlari bo'yicha tergovchilar guruhining rahbari qabul qilgan qarorga rozi bo'lmasa, nazorat olib boruvchi prokurorga o'z e'tirozlarini yetkazadi, prokuror uzil-kesil qaror qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
356-modda. Guruh a'zolari bo'lgan tergovchilar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.