O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo'lmagan yoxud O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi materialni ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko'rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo'lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda, surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanib, u gumon qilinuvchining, ayblanuvchining O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatini asoslab beradi. Keyin himoyachi, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254⁹-modda. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.