Jinoyat-protsessual kodeksi

254⁸-modda. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish

Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorda chiqish huquqini vaqtincha cheklash zaruriyatining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan asoslar bayon etiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi surishtiruvchining yoki tergovchining qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi. Prokuror O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.