Jinoyat-protsessual kodeksi

254¹¹-modda. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni bekor qilish

(28²-боб Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)

O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash jinoyat ishi surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tugatilganda, sudda esa jinoyat ishini tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoki hukm qonuniy kuchga kirganda bekor qilinadi. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga zarurat qolmaganda esa ushbu chora ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan bekor qilinadi. O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining O'zbekiston Respublikasidan tashqarida jinoyat protsessida ishtirok etishi zarurligi yoki sog'lig'ining yomonlashuvi va unga O'zbekiston Respublikasi hududida tibbiy yordam ko'rsatish imkoni yo'qligi yoki xorijdagi yaqin qarindoshlarining vafoti bilan bog'liq uzrli sabablar yuzaga kelgan hollarda, tegishincha prokurorning roziligi bilan surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, shuningdek prokuror yoxud sud tomonidan, ajrim chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Bu modda O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash chorasini qachon va qanday sharoitda bekor qilish kerakligini belgilaydi. Jinoyat ishi tugallanganda yoki zarurat qolmaganda bu chora o'chiriladi. Shuningdek, shaxsning sog'lig'i yomonlashganda yoki oilasida fojia bo'lganda ham bekor qilinishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu huquq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga tegishli. **Amalda** Agar gumon qilinuvchi chet elda tibbiy yordam olishi kerak bo'lsa, prokuror roziligi bilan tergovchi bu chora bekor qilishi mumkin. Yoki jinoyat ishi tugatilganda avtomatik ravishda chora o'chiriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.