Sudya O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risida;
2) O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi ma'lumotlar, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari ko'rsatiladi.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi yoki O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlariga yuboriladi, ma'lumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to'xtatib turmaydi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashga yoki O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etishga haqli.
O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash rad etilgan taqdirda, mazkur masala bo'yicha takroran sudga murojaat qilishga O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254¹⁰-modda. Sud ajrimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.