Jinoyat-protsessual kodeksi

228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari

(228-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan so'ng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi. Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yo'l qo'yiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi. Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.