Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ushlab turish, gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarori asosida ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimi ushlangan shaxsni ushbu Kodeksning 224-moddasi qoidalariga rioya etgan holda eng yaqin ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga darhol olib borishi shart. Amalga oshirilgan ushlab turish to'g'risida ushlab turish haqida qaror chiqargan vakolatli shaxs darhol xabardor qilinishi lozim.
Gumon qilinuvchi haqiqiy ushlangan paytdan boshlab o'tgan vaqt ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamog'ida bo'lishi hamda Jinoyat kodeksining 62-moddasida belgilanganiga mutanosib ravishda sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
227-modda. Surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish
(227-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.