Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qo'llaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz bo'lishi lozim. Kuchli og'riq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qo'llash namuna olinishi lozim bo'lgan shaxsning roziligi bilan, basharti u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan bo'lsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalang'ochlash bilan bog'liq bo'lsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda bo'lishlari lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi
(196-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 6 декабрдаги ЎРҚ-587-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 07.12.2019 й., 03/19/587/4122-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.