Tekshiruv o'tkazish jarayonida ekspert tomonidan ushbu Kodeks 188-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin.
Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chog'ida hozir bo'lishga haqli bo'lib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Ekspert tekshiruv o'tkazib bo'lganidan keyin namunalarni muhrlangan holda o'z xulosasiga qo'shib qo'yadi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini ko'zdan kechiradilar, shundan so'ng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
195-modda. Ekspert tomonidan tajriba uchun namunalar olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.