Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Sud-tibbiyot, sud-psixiatriya, sud-psixologiya, sud-avtotexnika, sud-iqtisodiy, kriminalistika ekspertizalarini faqat davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, alohida hollarda esa, boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarning mutaxassislari o'tkazadi. Alohida hol ekspertiza tayinlash to'g'risidagi qarorda yoki ajrimda asoslantirilishi lozim.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudning ekspert etib tayinlangan shaxsni chaqirish va uning ekspertiza o'tkazishi to'g'risidagi talabi ushbu shaxs ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
174-modda. Ekspert etib tayinlanadigan shaxslar
(174-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.