Jinoyat-protsessual kodeksi

173-modda. Ekspertiza tayinlash va o'tkazishning shartligi

(173-модда биринчи қисмининг 7-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Basharti, ish bo'yicha: 1) o'limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og'irlik darajasini; 2) jinsiy aloqada bo'lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun'iy yo'l bilan tushirish belgilarini; 3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda hujjatlar bo'lmasa yoki hujjatlar shubha tug'dirsa; 4) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning ruhiy va jismoniy ahvolini hamda ularning g'ayrihuquqiy qilmishni sodir etayotgan paytda o'z harakatlarini idrok etish va idora qilish layoqatini, shuningdek jinoiy javobgarlikning ahamiyatini tushunish, jinoyat protsessida ko'rsatuvlar berish hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; 5) jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy holatini hamda ular ish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlarni idrok qilish, esda saqlash va so'roq qilganda ifodalab berish layoqatiga ega ekanliklarini, shuningdek jabrlanuvchining jinoyat protsessi chog'ida o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qila olish layoqatini; 6) tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va giyohvandlikka duchor bo'lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini; 7) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjudligini, ularning turi va miqdorini; 8) pul belgilari, qimmatli qog'ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini; 9) portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini aniqlash zarur bo'lganda ekspertiza tayinlash va o'tkazish shart. Ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham, agar buning uchun maxsus bilimlarni qo'llash zarur bo'lsa va bu holatlar isbotlashning boshqa vositalari bilan puxta aniqlanmagan bo'lsa, ekspertiza o'tkazish shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.