Jinoyat kodeksi

248¹-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish

(248¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 2 майдаги ЎРҚ-534-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 03.05.2019 й., 03/19/534/3046-сон — 2019 йил 4 ноябрдан кучга киради)

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, — uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo'li bilan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa; g) badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar odam o'lishiga sabab bo'lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) odamlar o'limiga; b) halokatga; v) boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, — sakkiz yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.