Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o'qotar qurolni, o'q-dorilarni, o'qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta'mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, jo'natish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'qotar qurolni, o'q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o'tkazish, —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
248-modda. O'qotar qurolning, o'q-dorilarning, o'qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi
(248-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.