Jinoyat kodeksi

176-modda. Qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog'ozlar yasash, ularni o'tkazish

(176-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 10 августдаги ЎРҚ-389-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 32-сон, 425-модда)

O'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aktsiz markalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash yoki ularni o'tkazish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) ko'p miqdorda; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) juda ko'p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.