Jinoyat kodeksi

158-modda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish

(158-модда учинчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 30 мартдаги ЎРҚ-679-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 30.03.2021 й., 03/21/679/0256-сон)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish — o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti badaniga qasddan shikast yetkazish — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet butunjahon axborot tarmog'idan foydalangan holda uni haqoratlash yoki unga tuhmat qilish — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.