Davlatga xoinlik qilish, ya'ni O'zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud O'zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam ko'rsatish yo'li bilan O'zbekiston Respublikasining suverenitetiga, hududiy daxlsizligiga, xavfsizligiga, mudofaa salohiyatiga, iqtisodiyotiga zarar yetkazishga qaratilgan qasddan sodir etilgan qilmish —
o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Chet el davlati yoki tashkiloti tomonidan O'zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun jalb qilingan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi o'zining bunday hamkorligi to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati esa respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Basharti, O'zbekiston Respublikasining fuqarosi, o'z qilmishi to'g'risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin bo'lgan og'ir oqibatlarning oldi olingan bo'lsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
157-modda. Davlatga xoinlik qilish
(157-модданинг биринчи қисми диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 23 сентябрдаги ЎРҚ-411-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 39-сон, 457-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.