Muttasil ravishda do'pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida, 126¹-moddasining to'rtinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
b) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, —
uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
110-modda. Qiynash
(110-модда биринчи қисмининг диспозицияси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.