O'zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo'yicha javobgarlikka tortiladi.
Qilmish:
a) O'zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to'xtatilgan bo'lsa;
b) O'zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston hududida yuz bergan bo'lsa;
v) O'zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O'zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo'lsa;
g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo'lib, uning bir qismi O'zbekiston hududida yuz bergan bo'lsa, O'zbekiston hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O'zbekiston bayrog'i ostidagi yoki O'zbekiston portida ro'yxatga olingan havo, dengiz yoki daryo kemasida O'zbekiston hududidan tashqarida bo'lib, chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu Kodeks bo'yicha javobgarlikka tortiladi.
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi to'g'risidagi masala O'zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo'lmasa, ular O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi to'g'risidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish bilan bog'liq qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik o'rniga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
11-modda. Kodeksning O'zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi
(11-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.