Jinoyat kodeksi

103¹-modda. O'zini o'zi o'ldirishga undash

(103¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 13 июндаги ЎРҚ-436-сон Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 24-сон, 487-модда)

O'zini o'zi o'ldirishga undash, ya'ni ko'ndirish, aldash yoki boshqa yo'l bilan o'zga shaxsda o'zini o'zi o'ldirish hissini uyg'otish, agar shaxs o'zini o'zi o'ldirgan yoki o'zini o'zi o'ldirishga suiqasd qilgan bo'lsa, — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.