Jinoyat kodeksi

103-modda. O'zini o'zi o'ldirish darajasiga yetkazish

(103-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 13 июндаги ЎРҚ-436-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 24-сон, 487-модда)

Shaxsni qo'rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o'zini o'zi o'ldirish darajasiga yoki o'zini o'zi o'ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish, – uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo'lgan shaxsga nisbatan; b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan; v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; g) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, — yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.