Jinoyat-ijroiya kodeksi

85-modda. Mahkumlarning ovqati

(85-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga bo'lgan fiziologik ehtiyojini ta'minlaydigan ovqat qonunchilikda belgilangan tartibda respublika byudjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotganlar mustasno. Ovqat normasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mahkumlarning sog'lig'i holatiga, ularning yoshi, bajarayotgan ishining xususiyati va og'irligiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga ularni ishga jalb etgan korxona, muassasa va tashkilotlar mablag'lari hisobidan qo'shimcha ovqat berilishi mumkin. Mahkum homilador ayollar, emizikli onalar, voyaga yetmaganlarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan ovqat oshirilgan normalarda belgilanadi. Tibbiy xulosa asosida ularga qo'shimcha oziq-ovqat mahsulotlari olishga ruxsat etilishi mumkin. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika byudjeti hisobidan ovqat beriladi. Manzil-koloniyalarda jazoni o'tayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy bo'linmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.