Jinoyat-ijroiya kodeksi

84-modda. Mahkumlarning yashash joyi

(84-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak. Bir mahkumga to'g'ri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam bo'lishi mumkin emas: umumiy turar joylarda — ikki kvadrat metr; tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida — ikki yarim kvadrat metr; ayollar, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda — uch kvadrat metr; bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — to'rt kvadrat metr; intizomiy bo'linmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda o'tayotgan shaxslar uchun mo'ljallangan xona tipidagi turar joylarda — to'rt yarim kvadrat metr. Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, ko'rpa-to'shak, choyshab va kerakli inventar beriladi. I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.