Jinoyat-ijroiya kodeksi

76-modda. Mahkumlarning uchrashuvlari

(76-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 мартдаги ЎРҚ-825-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.03.2023 й., 03/23/825/0164-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi beriladi. Mahkumlar qarindoshlari bilan yoki muassasa boshlig'ining ruxsatiga asosan boshqa shaxslar bilan muddati to'rt soatgacha bo'lgan qisqa muddatli uchrashuv olishi mumkin. Mahkumlarga yaqin qarindoshlari (er, xotin, ota-onalar, bolalar, o'g'il (qiz) qilib olgan shaxslar, o'g'il (qiz) qilib olingan shaxslar, aka-ukalar, opa-singillar, buvalar, buvilar, nevaralar) bilan uzoq muddatli uchrashuv muassasa hududida yoki, ushbu Kodeksning 114 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, muassasa hududidan tashqarida ular bilan birga yashash huquqi bilan beriladi. Uzoq muddatli uchrashuv muddati quyidagicha belgilanadi: muassasa hududida — bir sutkadan uch sutkagacha, muassasa hududidan tashqarida esa — uch sutkadan besh sutkagacha. Qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo'lgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi. Uchrashuv uchun berilgan vaqt mobaynida mahkumlar ishdan ozod etib qo'yiladi, ana shu kunlar uchun ularga ish haqi yozilmaydi. Mahkumning iltimosiga ko'ra uzoq muddatli uchrashuv qisqa muddatli uchrashuvga yoki masofali video-uchrashuvga yoxud telefon orqali so'zlashuvga, qisqa muddatli uchrashuv esa masofali video-uchrashuvga yoki telefon orqali so'zlashuvga almashtiriladi. Mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar jazoni ijro etish muassasasi va organi tomonidan tashkil etiladi. Masofali video-uchrashuv himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferentsiya tizimi vositasida amalga oshiriladi. Uchrashuvlarni o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.