Jinoyat-ijroiya kodeksi

75-modda. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi

(75-модданинг тўртинчи қисми олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar o'z shaxsiy hisobvarag'idagi pul hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni pul o'tkazish yo'li bilan sotib olishlari mumkin. Sarflashga ruxsat etiladigan pul miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag'batlantirish tarzida, mahkumlarga mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 3,6 foizigacha bo'lgan miqdorda qo'shimcha pul sarflashga ruxsat etiladi. Bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pulning umumiy summasi quyidagi miqdorlardan oshmasligi kerak: umumiy tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 1,06 baravaridan; qattiq tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 87,9 foizidan; maxsus tartibli koloniyalarda — belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 70,3 foizidan; turmalarda — belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 52,7 foizidan; tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo'lgan shaxslar, homilador ayollar hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi bolalar uylarida bolalari bo'lgan ayollar uchun — belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 120 foizidan. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo'shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega. Muassasa boshlig'i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 17,6 foizigacha, manzil-koloniyalarda esa 35,2 foizigacha bo'lgan summada avans berishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.