O'qotar qurolni qo'llashdan oldin qurol qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish va yuqoriga qarab ogohlantiruvchi o'q otish kerak. Quyidagi hollarda o'qotar qurol ogohlantirishsiz qo'llanilishi mumkin:
qo'qqisdan hujum qilinganda, qurolli hujumni yoki jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalangan holda qilingan hujumni daf etishda, garovga olinganlarni ozod qilishda, ozodlikdan mahrum etish joylaridan qurol bilan, transport vositalari yordamida yoki yurib ketayotgan transport vositalarida, tunda yoki ko'rish cheklangan sharoitda qochilganda.
O'qotar qurol qo'llanilganda fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish uchun iloji boricha barcha choralar ko'rilishi zarur.
O'qotar qurol qo'llanilgan har bir hodisa haqida raport tuziladi va darhol prokurorga xabar qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn73-modda. O'qotar qurol qo'llash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.